
Kecha, 8 avgust kuni Milliy matbuot markazida “Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining bugungi faoliyati va istiqboldagi vazifalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi mutaxassislari ba’zi OAVlar xususida tanqidiy fikrlarini bayon etdilar.
Shuningdek, agentlik mutaxassislari o‘zbek jamiyatiga xos bo‘lmagan, milliy an’analarning emirilishiga sabab bo‘ladigan, ma’naviy muhitga zarar etkazadigan materiallarni etkazayotgan OAV nomlarini e’lon qildi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi “Denov-ATR”, Buxoro viloyatidagi “G‘ijduvon-TV”, Jizzax viloyatidagi “Jizzax TV” telekanallari, Andijon viloyatidagi “Diydor FM” radiokanali, “Taraqqiyot” telekanali faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi “Axborot agentligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi doimiy qo‘pol ravishda buzib kelayotganliklari ma’lum qilindi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar