8 174
Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir va Bosh prokurorga majlisbozlik, qog‘ozbozlikni kamaytirishni buyurdi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 avgust kuni Toshkentda joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlat rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog‘ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Unda Prezident joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoqlar rahbarlari va hokimlarning hisobotlari hali hududlar bilan bog‘liq kamchiliklar va muammolarga to‘liq barham berilmaganini ta’kidlagan.
Buning asosiy sabablaridan biri shu paytgacha markaziy organlar va mahalliy hokimiyat idoralari hamda asosiy ijrochi bo‘lgan quyi bo‘g‘in o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlik ta’minlanmayotganidir. Aksariyat mas’ul shaxslar faqat yaqqol ko‘zga tashlanadigan muammolar echimi yoki yuqoridan beriladigan topshiriqlar ijrosi bilan cheklanib qolmoqda. Ularda muammolarni kompleks hal etish borasida tashabbuskorlik sezilmayapti.
Yana bir sabab shuki, markaziy idoralar vakillarining hududlarga xizmat safarlari tegishli tarzda muvofiqlashtirilmayotgani oqibatida ularning ko‘pchiligi bir-birini takrorlayapti. Joylardagi rahbarlar markazdan kelganlar bilan birga yurishga majbur bo‘lib, o‘zining bevosita vazifalaridan chalg‘imoqda.
Shuningdek, ko‘plab tashkilot va idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir eng muhim dasturlarni amalga oshirish o‘rniga, aksariyat hollarda, faqat yig‘ilishlar o‘tkazish va puxta o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish, amaliy ish qolib, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanish holatlari uchrayapti.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar majlislar sonini keskin qisqartirish, ko‘riladigan masalalarga bevosita aloqasi bo‘lmagan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va boshqa muassasalar rahbarlarini taklif qilmaslik zarurligini ta’kidladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh prokuror Ixtiyor Abdullaevga majlisbozlik, qog‘ozbozlik va hisobotbozlikni keskin kamaytirish, davlat idoralari faoliyatida ma’lumot almashishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha hukumat qarorini ishlab chiqib, ijrosini alohida nazoratga olish vazifasi yuklandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan davr mobaynida mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonun, Prezidentning 180 dan ortiq Farmoni, 450 dan ortiq qarori qabul qilingan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi