Sud majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning ko‘rsatmalari tinglandi.
Toshkent viloyati sudida 9 avgust kuni chinozlik "Ahmadboy" va uning olti nafar sheriklari ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Uz24.uz nashri.
Majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning ko‘rsatmalari tinglandi.
Ayni damda Tursunboyev Ahmadga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining to‘rt bandi bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda: 177 modda — valyuta mablag‘larini noqonuniy sotib olish va sotish, 188 modda – ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, 189 modda – savdo-sotiq qoidalarini buzish, 190 modda – Lisenziyasiz faoliyat olib borish.
Eslatib o‘tamiz Axmad Tursunboyev va uning sheriklari 2016 yilning iyul oyida qo‘lga olingan edi. Jinoiy guruh a’zolari aholidan o‘ta katta miqdorda mablag‘ qabul qilib, uni bir yil ichida 100% stavkasi bilan qaytarib berishni va’da berishgan. Shuningdek, ular aholiga oyiga 40% stavkasi bilan aholiga qarz ham berishgan.
Jinoiy guruh turar joylarida qidiruv o‘tkazilganida 13,1 mlrd so‘m, 7,9 mln dollar pul mablag‘lari hamda bir necha qimmatbaho avtomobillar topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar