12 avgust kuni Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan Press-klubda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda oxirgi vaqtlarda nega daraxtlar ko‘p kesilayapti degan savolga javob bergan.
Abdurahmonov odamlarning o‘rtacha umr yoshi 73-75 yoshni tashkil qilayotgani, ya’ni o‘rtacha umr ko‘rish uzayayotgani masalasini O‘zbekiston hukumati tomonidan chiqarilayotga qaror, farmonlarni hayotiyligi, ularning inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan bog‘lagan. Hokimning aytishicha ikkita zararli daraxt bor, bittasi bu chinor, ikkinchisi esa yong‘oq daraxti. Har ikki daraxt havodan kislorodni olib, o‘zidan karbonad angidrid gazini chiqaradi.
Hokim so‘zini davom ettirar ekan qolgan daraxtlar, archa, qarag‘ay daraxtlari havodagi karbonad gazini olib, o‘zidan kislorod chiqarishini qo‘shimcha qilgan.
“Eskilarimizda bir gap bor, yong‘oqning tagida uxlab qolmagin, jin urib ketadi, deydi. Hech qanaqa jin yo‘q, agar organizmda ozgina etishmovchilik bo‘lsa, kasal odam bo‘lsa xaligi chiqayotgan karbonad angidrid gazi hisobiga havo etishmaslik holati bo‘ladi, kasal bo‘ladi. Bo‘ldi boshqa sababi yo‘q” deb qo‘shimcha qilgan Abdurahmonov.
Suhbat davomida shuningdek, yong‘oq daraxtining foydali tomonlari sanab o‘tilgan.
Misol uchun, yong‘oq yaprog‘i shirasi iliq holda quloqqa tomizilsa, yiringlashning oldi olinadi. Qobig‘ining quyultirilgan shirasi tomoq og‘rig‘ini bosib, yo‘talga malham bo‘ladi. Qovurilgani kindik ustiga qo‘yilsa, ichak og‘riqlarini bosib, ich ketishini to‘xtatadi. Yong‘oq mag‘zi, ayniqsa, juda foydali. Uning tarkibidagi temir, fosfor, mis, serotin moddalari, moy va oqsil taom hazmini yaxshilaydi, quvvatni oshirib, asab tizimi faoliyatini me’yorlashtiradi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi