Gulistonda mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida qovun sayli o‘tkazildi, deya xabar qilindi O‘zAda.
Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar qishloq xo‘jaligida ham yuksak samaralar berib, paxta va g‘alla bilan birga, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, asalarichilik, baliqchilik kabi tarmoqlarning ham jadal rivojlanishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Viloyat markazidagi istirohat bog‘iga tutash Alisher Navoiy ko‘chasida tashkil etilgan qovun sayli katta bayramga aylanib ketdi. 80 ga yaqin fermer xo‘jaligi xaridorlarga 30 navdagi 1 ming tonnadan ortiq qovun, tarvuz, uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taklif etdi. Amiri, bo‘rikalla, kampirqovun, obinovvot, ko‘kcha, qoraqand, oqqovun, oqpalak kabi qovunlar ayniqsa ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
– Xo‘jaligimiz 106 gektar maydonda dehqonchilik qiladi, – deydi Mirzaobod tumanidagi “Teraklisoy jilg‘asi” fermer xo‘jaligi rahbari Erkin Xoliqov. – 50 gektar maydonga g‘alla ekib, davlatga don sotish rejasini ortig‘i bilan bajardik. 33 gektar erga ekilgan paxta ham baravj o‘smoqda. Hozir har bir tup g‘o‘zada 40 tagacha ko‘sak bor. G‘alladan bo‘shagan maydonga qovun, tarvuz, mosh, makkajo‘xori ekkanmiz. Etishtirilgan qovunlarni o‘zimiz Latviya davlatiga eksport qilib, 80 million so‘m daromad qildik. Yana 100 tonnaga yaqin qovun eksport qilishni rejalashtirganmiz.
Qovun sayli doirasida “Sirdaryo qovunchiligi: kecha, bugun, ertaga” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Unda Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining Sirdaryo tabiiy iqlim sharoitiga mos, ammo unutilgan qovun navlarini tiklash, sohaga yangi ilmiy asoslangan texnologiyalarni joriy etish, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Qovun saylida ko‘plab xorijlik sayyohlar ham ishtirok etdi.
– Bunday ajoyib saylda birinchi marta ishtirok etishim, – deydi xitoylik sayyoh Chxen Zxong Bei. – Xalqingiz juda mehmondo‘st, dehqonlaringiz saxiy va qo‘li ochiq ekan. Bizda ham qovun etishtiriladi. Lekin, ular kichik bo‘lish bilan birga, bunchalik xilma-xil emas. Qovunning bunchalar ko‘p navi bo‘lishini bilmas ekanman, bunday katta qovunlarni ham birinchi bor ko‘rishim. Juda shirin, ta’mini uzoq vaqt unutolmasam kerak.
Qovun saylida turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzaev so‘zga chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...