14 avgust kuni Samarqand shahrining O.Ikromov ko‘chasi 3-uyda yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan, ayni damda vaqtincha ishsiz, M.I. xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan yong‘in qo‘shnilarning uyiga ham o‘tgan.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in natijasida M.I.ga tegishli xonadonning 102 kv.m. fanerli shifti va uy jihozlari zarar ko‘rgan.
Aniqlashimizcha, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda va xonadon sohibi uyining chordog‘ida keyinchalik sotishga mo‘ljallangan avtomobil shinalari saqlaganligi uchun yong‘in shiddat bilan, juda tez tarqalgan.
Ushbu yong‘in natijasida M.I.ning qo‘shnilari Sadriddin Ayniy ko‘chasi 102-uyda yashovchi R.R.ga tegishli uyning 50 kv.m. tomi, shu ko‘chadagi 100-uyda yashovchi Sh.N.ga tegishli xonadonning 25 kv.metr fanerli shifti va tunikali tomi zarar ko‘rgan.
Yong‘in natijasida birorta fuqaroga tan jarohati etmagan va hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga Samarqand shahar IIB boshlig‘i B.Bahromov, o‘rinbosari N.Igamberdiev, EKB boshlig‘i A.Ochilov, 7-sonli ShMB boshlig‘i Z.Xo‘jaev, shahar IIB YoXB xodimlari va tezkor guruhi chaqirilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari va uning oqibatida etkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...