Davlat soliq xizmati organlari tomonidan chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasida naqdsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pul mablag‘lari to‘liq hisobga olinishi va bank aylanmasiga jalb etilishini ta’minlash maqsadida doimiy tartibda profilaktik va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Lekin, shunga qaramay, viloyat davlat soliq xizmati organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tungi klublarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘plab qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, Urganch shahridagi «Radjbek» xususiy korxonasiga qarashli Tinchlik ko‘chasida joylashgan «Aura» nomli tungi klubda o‘tkazilgan tekshiruvda xaridorga 24 ming so‘m naqd pul uchun xarid cheki bermaslik holati va kassadagi 71 ming so‘m naqd pul nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmaganligi qayd etildi. Shuningdek, savdo shoxobchada nazorat-kassa mashinasi va bank to‘lov terminali o‘rnatilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi deb yozadi Sof.uz.
Shaharning Ogahiy ko‘chasidagi «Exclusivemeal» xususiy korxonasiga qarashli «Million» nomli tungi klubda o‘tkazilgan tekshirishda nazorat xaridi o‘tkazilib, xaridorga 24 ming so‘m naqd pulga xarid cheki bermaslik holati va klub g‘aznasida savdodan tushgan va nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmagan 1 million 159 ming so‘m naqd pul borligi aniqlandi.
Bunday holat Xondamir ko‘chasida joylashgan «Ahmadjon taomlari» xususiy korxonasiga qarashli «Gold» nomli tungi klubda ham qayd etildi. Nazorat tadbiri davomida xaridorga 107 ming so‘m naqd pulga xarid cheki bermaslik holati va klub g‘aznasida savdodan tushgan va nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmagan 408,5 ming so‘m naqd pul borligi aniqlandi.
Urganch shahrida ro‘yxatdan o‘tgan «Ideal Shodliksavdo» xususiy korxonasiga qarashli «Saxara» nomli tungi klubda o‘tkazilgan tekshiruvda esa, mazkur shoxobcha g‘aznasida savdodan tushgan naqd pul va nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmagan 643 ming so‘m naqd pul borligi aniqlandi. Afsuski, ushbu savdo shoxobchasida bank to‘lov terminalining o‘rnatilmaganligini qanday izohlash mumkin?
Shuningdek, Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan «Chocolate» nomli tungi klubda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Xonqa tumani, Tomadurvadik qishlog‘i, Olchin mahallasida yashovchi fuqaro M.Boltaev hech qanday hujjatlarsiz faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi oshkor bo‘ldi. Tekshirish davomida 56 ming so‘m savdodan tushgan naqd pul borligi aniqlanib, sifatini tasdiqlovchi va boshqa tegishli hujjatlari bo‘lmagan 87 ming so‘mlik alkogol hamda yaxna ichimliklar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.
Ushbu qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 119 moddasi 1 qismiga asosan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizasiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik deya baxolanib, eng kam ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha ya’ni, 4 493 250 so‘mdan 7 488 750 so‘mgacha miqdorda moliyaviy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, eng kam ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha, ya’ni 11 233 125 so‘mdan – 14 977 500 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, bunday turdagi huquqbuzarliklar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 moddasi 1 qismiga ko‘ra savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, ya’ni 149 775 so‘mdan 748 875 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan etti baravarigacha, ya’ni 748 875 so‘mdan 1 048 425 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishini belgiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas