7 120
Doirachi ayollar hayajonlangani uchun Imomali Rahmon xotin-qizlar raisini ishdan haydadi
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga doirachi ayollarning ortiqcha hayajonlanishlari yoqmadi. Shu bois, Tojikiston rahbari xotin-qizlar raisini ishdan oldi.
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon musiqachilarning omadsiz chiqishi tufayli amaldor ayolni ishdan haydadi.
Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada Tojikiston rahbari Xatlon viloyatining Xuroson tumaniga tashrif buyurgan. An’anaga ko‘ra, Rahmonni kichikroq konsert bilan kutib olishgan. Ammo Prezident Imomali Rahmonga «Ochanjonxo» (Onajonlar) doirachi ansamblining chiqishi manzur bo‘lmadi deb yozadi Darakchi.uz.
Doirachilarning xatolari uchun ansambl rahbari emas, balki tuman xotin-qizlar va oila masalalari raisi Ziyoda Salomova javob berdi. Ayol o‘sha kuni ishdan olindi.
Doira chertayotgan ayollar ehtimol, qattiq hayajondan ritmga tusha olmadilar va Rahmon bundan qattiq norozi bo‘ldi. Ziyoda Salomova o‘zining lavozimdan ozod etilganidan xafa emasligini aytgan holda, musiqachilarning xatosi uchun ansambl rahbari javob berishi kerak edi, degan fikrni bildirgan.
Nashr xabariga ko‘ra, Tojikistonda davlat rahbarining har bir tashrifiga astoydil tayyorgarlik ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas