Andijon viloyati Jalaquduq tumani dala maydonida 152 mmli snaryad topildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Kun.uz ga ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Jalaquduq shahar Boycheki MFYda yashovchi X.M. Jalaquduq tumani Teshiktosh QFY Dehqonobod mahalla hududida joylashgan «Foziljon-erlari» fermer xo‘jaligining dala maydonida ov qilayotgan vaqtida «Gaubisa D-20» nomli, uzunligi 70 sm, 152 mm kalibrli snaryadni topib olgan. U eskirib zanglagan holda bo‘lgan. Shundan so‘ng, X.M. o‘q-dorini yashash uyiga olib kelgan va o‘z ixtiyori bilan tuman IIB hodimlariga topshirgan.
Ushbu snaryad ayni vaqta viloyat IIB maxsus guruh xodimlariga topshirilgan. Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB tergov bo‘limi olib bormokda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)