16:26 / 23.08.2017
6 769

60 yoshli otaxon velosipedda Hajga otlandi

60 yoshli otaxon velosipedda Hajga otlandi
Janubiy Qozog‘iston viloyatidan bo‘lgan 60 yoshli otaxon velosipedda muborak Haj safariga jo‘nab ketdi. Tojali Akromov ushbu sayohatga deyarli bir yil davomida tayyorlandi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Tojali Akromovning qarindoshlari va yaqinlari uni uzoq safarga velosipedda bormasligi uchun ko‘ndirishga rosa urinishgan, lekin otaxon o‘z fikridan qaytmagan.

U harakat yo‘nalishini Toshkentdan boshladi. Dastlab, Toshkent va Samarqandda bo‘ldi, keyin esa Tojikistonga yo‘l oldi. Bu erda otaxon biroz dam olib, yana yo‘lga otlanadi.

Tojali Akromovning sport velosipedi soatiga 80 km. tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi 3 ta uskuna bilan jihozlangan. Velosipedga shuningdek, videokamera va suv uchun maxsus quti ham o‘rnatilgan.

Hozirda otaxon Termiz shahrida bo‘lib turibdi. Tojali Akromov bu erda mahalliy aholi unga o‘z yordamini taklif qilganini aytgan. Hatto, Makkagacha samolyot chiptasini sotib olib berishni taklif qilganlar ham bo‘lgan. Lekin, otaxon Makkaga o‘z kuchi bilan borishni maqsad qilgan.

Tojali Akromov zaruriy dori-darmonlar, 3 ta mobil aloqa sim kartasi bilan “qurollanib” olgan. U doimiy tarzda internet orqali xaritani onlayn kuzatib bormoqda. Otaxon Makkaga Qurbon Hayit bayramigacha etib olishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 60 yoshli otaxon velosipedda Hajga otlandi