22:44 / 24.08.2017
14 351

Samarqandda qizlarni jinsiy qullikka Tailandga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda qizlarni jinsiy qullikka Tailandga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi
Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida 51 yoshli Zamira Jumaeva qo‘lga olindi.

Tezkor xodimlar ma’lumotiga ko‘ra, Jumaeva uyushgan jinoiy guruhning faol a’zolaridan biri bo‘lgan. Mazkur jinoiy guruh odam savdosiga ixtisoslashgan bo‘lib, ular ayollarni qidirish va kelgusida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun xorijga yuborish bilan shug‘ullangan.

"Zamira Jumaeva o‘zining tanishlari orqali ishonuvchan ayollarni qidirib, ularga Tailandda restoran va kechki klublarda ofisiantka bo‘lib ishlashni taklif qilgan. Ayollarga bir oyda 5 ming dollar ish haqi to‘lanishiga va’da bergan. Guruhda shuningdek, qizlarga buyurtmachi sifatida samarqandlik boshqa bir ayol ham bo‘lgan. U ayol vaqtinchalik Tailandda istiqomat qilmoqda. U aldangan qizlarga elektron avia chiptalarni sotib olish va yuborish ishlari bilan shug‘ullangan", — deb ta’kidladi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi.

Qizlar avval avtomashinada Samarqand-Toshkent yo‘nalishida olib borilib, keyinchalik u erdan Toshkent-Bangkok avia reysi orqali yuborilgan.

Bankokda qizlarni markaziy osiyolik uyushgan jinoiy guruh vakillari kutib olishgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Zamira Jumaeva navbatdagi bor samarqandlik qizni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytda YPH postida qo‘lga olindi.

Ushbu holat bo‘yicha Jumaevaga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgatilgan bo‘lib, tergov ishi davom etmoqda.


Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qizlarni jinsiy qullikka Tailandga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi