date
views 7 236

Chimyon yaqinida Lexus avtomobili to‘siqni buzib, jarlikka quladi

Chimyon yaqinida Lexus avtomobili to‘siqni buzib, jarlikka quladi
27 avgust kuni soat taxminan 15:00 da G‘azalkent yaqinida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Lexus rusumli avtomobil Chorvoq–Chimyon ayrilish yo‘li tomon ketayotgan edi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, haydovchi qariyb 180 darajali burilishda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Mashina beton to‘siqni buzib, jarlikdan qurigan soyga qulagan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, qurbonlar yo‘q. Jabrlanganlar shifoxonaga olib ketildi.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chimyon yaqinida Lexus avtomobili to‘siqni buzib, jarlikka quladi