Fuqarolar Sh.Mamatsoyeva va A.Umarovlar ham nafsi yo‘lidan borib, nondek aziz ne’matdan qing‘ir maqsad yo‘lida foydalanishga urinishdi, deb xabar bermoqda “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbulga parvozi oldidan ushbu shaxslarning bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi. Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida ularga tegishli bagajlarning nazorat-rentgen apparati ekranidagi shubhali tasvirlari sababli yuklar xolislar ishtirokida ochib ko‘rildi.
Natijada, ushbu shaxslar bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, 2 turdagi tamaki mahsulotlarini nonlar orasiga bekitishgani fosh bo‘ldi. Shuningdek, uddaburonlar sigaretlarni karton qutilardagi pechenelar orasiga hamda poyafzallar ichiga ham yashirishgan ekan.
Shu tarika, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmasdan Sh.Mamatsayeva 560 quti, A.Umarov esa 500 quti tamaki mahsulotlarini yashirincha olib chiqishga urinishgan paytda to‘xtatib qolindi.
Bundan tashqari, “Toshkent-Istanbul” reysi bo‘yicha parvozi oldidan fuqarolar I.Qo‘ldosheva va X.Manonovalar ham tamaki mahsulotlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib chiqmoqchi bo‘lishganda to‘xtatib qolindi.
Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan I.Qo‘ldosheva 700 quti, X.Manonova esa 880 quti tamaki mahsulotlarini quruq choy qadoqlari ichiga bekitishgan ekan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 100 ga yaqin bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati salkam 200 mln. so‘mlik 39,8 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar o‘zlari bilan olib o‘tayotgan tovarlar haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilishlari shart. Bu talab tamaki mahsulotlariga ham birdek taalluqli.
Agar yuqoridagi holatlar tahlil kilinsa, aholi o‘rtasida tamaki mahsulotlarini mamlakatdan istalgancha olib chiqish va xorijiy davlatlarga bemalol olib kirish mumkin degan yanglish tasavvur shakllangani ayon bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdi-ki, mazkur bojxona qoidabuzarliklari fosh etilishi natijasida nafaqat mamlakatimizdan tovarlarning yashirincha olib chiqilishining, balki yurtdoshlarimizning boshqa davlatlarda ham bojxona qoidabuzarliklarini sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilishlarining oldi olindi.
Shunday ekan, xorijiy davlatlarga yo‘l olayotgan yurtdoshlarimizdan nafaqat mamlakatimizning, balki o‘zlari yo‘l olgan davlatlarning ham bojxona qoidalarini bilishlari va qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”