Bugun, 28 avgust kuni Samarqandda o‘tkazilgan islom madaniyati va O‘zbekistonning ilm-fan merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Lola Karimova-Tillyayeva YuNESKOdagi faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy sohada faol vakil sifatida namoyon bo‘lib kelgan, deb yozmoqda Qalampir nashri. Xususan, u — “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi. Shuningdek, u yaqinda asos solingan Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi hamdir.
Bundan tashqari, Lola Karimova-Tillyayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili sifatida ham faoliyat yuritardi.
“Men YuNESKOda vakil sifatidagi faoliyatimni yakunlamoqchiman. Asosiy e’tiborimni oilam, shaxsiy qiziqishlarim va Islom Karimov fondi tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga va boshqa ijodiy, madaniy va xayriya tadbirlariga qaratmoqchiman”, deya chiqish qildi Lola Karimova-Tillyayeva.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”