
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi, deb xabar berdi UzA.
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda erishgan muvaffaqiyatlari barchaga ma’lum. O‘zbekiston jahon miqyosida yuksak nufuzga ega mamlakat sifatida xalqaro muhim masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi.
Davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. O‘zaro aloqalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni Siz bilan birgalikda davom ettirishga tayyor ekanimni tasdiqlamoqchiman. Ishonchim komilki, bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining manfaatlariga to‘la mos keladi.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar