10:41 / 01.09.2017
5 554

O‘zbekiston masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi

O‘zbekiston masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi
Bugun mamlakatimizda qo‘shaloq bayram. O‘zbekiston xalqi Mustaqillikning 26 yilligi hamda Qurbon hayiti ayyomini shodu xurramlikda, ahillik va shukronalik bilan nishonlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1 sentyabr – Qurbon hayiti bayrami dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bugun tong sahardan millionlab yurtdoshlarimiz musulmon urf-odatlariga ko‘ra hayit namozini ado etish uchun jome masjidlariga yo‘l oldilar. Masjidlarda namoz oldidan so‘z olgan qorilar yig‘ilganlarni qo‘shaloq ayyom bilan muborakbod etib, mehr va muruvvatli bo‘lish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash haqida ma’ruzalar qildilar. Qorilar o‘z so‘zida to‘ylarni ortiqcha sarf-xarajat, dabdaba va shuhratparastlik illatlaridan xoli tarzda o‘tkazish, yoshlarning baxtini mol-dunyo ustiga qurmaslik, to‘yning asosiy xarajatlarini kuyov tomon o‘z gardaniga olishi kerakligi haqida gapirdilar.

So‘z so‘nggida bayramni haqiqiy bayramdek o‘tkazish, uni azaga aylantirmay, yaqinlari, tiriklar xolidan xabar olishni tavsiya etdilar. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 79 yoshida og‘ir xastalik sabab vafot etgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi