O‘zbekiston MTRKdagi «Zakovat» intellektual ko‘rsatuvining ilk bilimdonlaridan biri bo‘lgan Farhod Akbarov 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasi orqali xabar bergan.
Farhod Akbarov «Zakovat»da 2001 2005-yillarda ishtirok etgan va o‘z jamoasi bilan bir necha marta chempion bo‘lgan.
«Farhod Akbarov ko‘pchilik «Zakovat» bilimdonlari singari shaxsan men uchun ham haqiqiy afsona edi! Aynan ularning o‘yinlarini ko‘rib, ularning bilimdonligiga havas qilib, qalbimizda «Zakovat»ga bo‘lgan mehr, ishtiyoq paydo bo‘lgan. «Zakovat»ga dastlabki yillaridan muxlis bo‘lgan inson borki, hammasi Farhod Akbarov jamoasining o‘yinidan rohat olishgan, o‘zgacha shavq bilan tomosha qilishgan. Dastlabki taassurot kuchli bo‘ladi, deyishadi. «Zakovat»ning ilk yillari Farhod Akbarov kabi kuchli bilimdonlar bilan boshlangani ko‘rsatuvning kelajagi uchun katta yutuq bo‘lgan, deb bemalol aytish mumkin.
Farhod aka «Zakovat»da 2001 2005-yillarda ishtirok etgan va o‘z jamoasi bilan bir necha marta chempion bo‘lgan. Mana, oradan 12 yillik tanaffus o‘tgan bo‘lsa ham, haligacha muxlislar Farhod Akbarovni albatta eslaydi, «o‘shanaqa zo‘r bilimdonlar qachon yana chiqadi?» deb so‘rashadi. Ayniqsa, Farhod akaning yangi yil o‘yinida boshlovchi bilan yuzma-yuz qolib, blits savollarga o‘ta tezkorlik bilan hammadan ko‘p javob bergani va xorijga malaka oshirish uchun yo‘llanma yutib olgani hali-hanuz hech kimning yodidan chiqmagan. Mana, shularning o‘zi ham Farhod akaning naqadar xalq qalbidan chuqur joy egallaganiga yaqqol misol bo‘la oladi, ortiqcha ta’rif ham shart emas aslida», - deya yozgan Xushnudbek Xudayberdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi