Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Avvalroq, Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan Abdusalom Azizov o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. U Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 sentyabrdagi farmoniga muvofiq Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Po‘lat Bobojonov 2012 yildan Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar