
8 sentyabr tongiga yaqin Toshkentga yetib kelgan Gollivud yulduzi Stiven Sigal, shu kunning o‘zida 3 ta tadbirda ishtirok etadi. Bu haqda «Olamsport» nashri xabar berdi.
Aykidoda 7-dan qora belbog‘ sohibi bo‘lgan Sigal tushga qadar Madaniyat va san’at instituti talabalari bilan uchrashadi. 14:30 da esa Zaniota tumaniga tashrif buyurib, «Babos» ot sporti saroyida master-klass namoyish qiladi.
Shuningdek, 18:00 da mehmon Sayilgoh ko‘chasida davom etayotgan «O‘zbegim» festivaliga tashrif buyurishi kutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar