
9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi. Prezident matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi, deydi Kun nashri.
Davlat rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi.
Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar