
Samarqandda Shohi Zinda ko‘chasida yo‘lovchilar uchun zamonaviy ko‘prik barpo etildi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilayotgan me’moriy majmua atrofida keng miqyosdagi ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda.
Buning natijasi o‘laroq, qisqa muddat ichida Vohid Abdullayev va Shohi Zinda ko‘chalari tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Majmuani ziyorat qilishga qulayliklar yaratish uchun bu yerda zinapoyalar, ayvon, avtomobil qo‘yadigan joylari qurib bitkazildi, deya xabar beradi “Darakchi” nashri.
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida, 2018 yilning 30 yanvarida ochilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar