14:33 / 16.09.2017
5 051

Jar yoqasidagi qiz (yoxud oila qurishdan ko‘ra fohishalikni afzal ko‘radiganlarga ming la’nat…)

Jar yoqasidagi qiz (yoxud oila qurishdan ko‘ra fohishalikni afzal ko‘radiganlarga ming la’nat…)
Qozog‘istonning Ostona shahrida 21 yoshli Dayana ismli qiz istiqomat qiladi. Qachonlardir u ham ota-onasining erka qizi bo‘lgan. Hatto, turmushga chiqishdek baxt uni ham chetlab o‘tmagan. Bo‘lg‘usi kuyov Dayanani o‘g‘irlab ham ketdi. Ozgina sabr qilsa, milliy urf-odatlarga ko‘ra chimildiqqa kirardi. Afsuski, uning miyasiga iblis oralabdi. Qallig‘inikidan qochib ketdi va Ostonadan panoh topdi. Maqsadi esa juda dahshatli edi. Dayana fohisha bo‘lishni niyat qilgan ekan. Qanday dahshat!.. Afsuslanarlisi, niyatiga yetibdi ham. Uni Ostonadagi saunalardan biriga ishga olishibdi. Albatta fohisha sifatida. Iblis ham miyasiga yaxshilab joylashib olgandi. Fohisha Dayana iblis bilan bir umrga do‘st tutinibdi.

— Erkaklarni jinim suymaydi, — dedi Dayana «NewTimes. kz» agentligi muxbiriga. — Ular mening tasavvurimda hech kim emas. Shuning uchun o‘z orzuimga yetishni ma’qul ko‘rdim. Mana, ishlayapman, boyvachcha erkaklarning ko‘nglini ovlayapman.

— Erkaklarni yomon ko‘rsang, qanday qilib fohishalik qilasan?

— Men er sifatida yomon ko‘rishimni nazarda tutdim.

— Ota-onang-chi? Nahotki, ular taqdirga tan bergan bo‘lsa? Izlab kelishmaganmi hech?

— Yo‘q, ota-onamdan ham yuz burganman. Ochig‘i, agar ular meni tutib olishsa, o‘ldirib yuborishlari mumkin. Umuman, menga hech kimning keragi yo‘q.

— Saunada fohishalik qilishga uyalmaysanmi?

— Yo‘q, men o‘z ishim bilan faxrlanaman.

— Ko‘p pul topasanmi fohishalikdan?

— Har bir mijozdan qo‘shmachi va sauna egasiga berilganidan tashqari 5 ming tanga ishlab topaman. Mijozlarimning hammasi yuqori lavozimli erkaklar, ularning puli judayam ko‘p.

— Nahotki, shu ishdan boshqa yaxshiroq yumush topilmasa?

— E, bir kuni yaqin tanishlarimdan biri kotibalikni taklif etgandi. Oyiga 50 ming tanga maosh to‘lashga va’da beruvdi. U yerda uch kun zo‘rg‘a ishlay oldim. Qochib ketdim.

— Nega?

— Ish juda og‘ir ekan. Unaqangi ishlar menga to‘g‘ri kelmaydi.

— Fohishalik abadiy emas-ku! Bir kun kelib «bozoring» kasod bo‘ladi. Shuni o‘ylamayapsanmi?

— Nega o‘ylamay? Hozirning o‘zidayoq tanam qarib borayotganini sezyapman. Uch yil ichida 20 yoshga qarib qolgandekman. Endi oldinda ikkita yo‘l qoldi. Biri riyeltor bo‘lish, ikkinchisi oqibatda vokzalda yotib yurish, xor-zorlikda umr kechirish. Ammo menga ikkalasi ham to‘g‘ri kelmaydi. Men o‘zim uchun uy sotib olaman-u, uyog‘ini peshonamdan ko‘raman…

Afsus, Dayananing ochiq, sira tap tortmasdan, hatto, faxr bilan gapirishi muxbirning nafsoniyatiga tegdi. Lekin indamadi. Qarshi gap aytib bo‘larmidi. Fohishalar ham fuqaro. Ularning ham huquqlari boshqalar bilan barobar. Ishqilib, bunday nahs bandalari, tavba qilish neligini bilmaydigan mahluqsifatlar, iblisning qullari oqibatda qilmishlariga yarasha jazosini topsin! Har bandaga Yaratganning o‘zi insof-tavfiq bersin!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jar yoqasidagi qiz (yoxud oila qurishdan ko‘ra fohishalikni afzal ko‘radiganlarga ming la’nat…)