
Avval iste’molda bo‘lgan (muqaddam foydalanilgan) mahsulotlarni sotishga ixtisoslashtirilgan “Yangiobod bozori” Bektemir tumani hududiga ko‘chirilishi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligi Matbuot xizmati xabar berganligini Qalampir nashri ma’lum qilmoqda.
Agentlik xabarida aytilishicha, bozor o‘rnida “Yashnobod innovatsion texnoparki” quriladi. Bozorning yarim hududi Vazirlar Mahkamasining 2 sentyabrdagi “Toshkent shahri Yashnobod tumanini kompleks rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Yashnobod innovatsion texnoparki direksiyasi” DUK tashkilotiga berilgan.
Shu munosabat bilan sobiq bozorning 7,5 gektar maydonida milliy va xalqaro mutaxassislar tomonidan ilmiy innovatsion ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Ushbu texnopark rezidentlariga 10 yilga soliq imtiyozlari va 7 foizlik kreditlar olish imkoniyati beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar