
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 11 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan “Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari”ga qo‘shimchalar kiritildi.
“Qalampir.uz” nashrining xabariga ko‘ra, yo‘lovchi tomonidan havo kemasi (HK) ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji a’zolari tomonidan bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning shakli hujjatga ilova tarzida keltirilgan. Hujjat uni tuzgan HK ekipaji a’zolari va qoidabuzar yo‘lovchi tomonidan imzolanadi. Agar qoidabuzar yo‘lovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, dalolatnomaga bu haqda qayd qilinadi.
Qoidabuzar yo‘lovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan yozma tushuntirishlarini berishga, shuningdek, unga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli.
Ushbu tartib joriy yilning 18 sentyabridan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar