Londondagi Vestminster sudi Cage huquqni himoya qilish guruhi direktorini terrorchilikka qarshi qonunchilikni buzishda aybdor deb topdi. U mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni berishdan bosh tortgan. Bu haqda «Telegraph» gazetasiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Muhammad Rabboniy Londonning Hitrou aeroportida 2016 yilning 20 noyabr kuni qo‘lga olingan. Erkak politsiyaga o‘z mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni taqdim etishdan bosh tortdi.
Dushanba kuni esa Londondagi Vestminster sudi Rabboniyni qo‘lga olish va terrorizm bilan qonunga muvofiq tintuv o‘tkazishga atayin qarshilik qilishda aybdor deb tan oldi.
Rabboniyning ma’lum qilishicha, uning qurilmasida maxfiy ma’lumot bo‘lib, uni politsiyaga berish “shaxsiy va professional sirlarini” ochib beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘lga olish davomida undan bu ma’lumotni taqdim etish so‘ralmagan.
Sud Rabboniyni shartli ravishda ozod etdi hamda unga 840 dollar miqdoridagi xarajatlarni to‘lab berish majburiyatini yukladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi