23:01 / 30.09.2017
6 040

Qirg‘izistonning ilk prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgan surati paydo bo‘ldi

Qirg‘izistonning ilk prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgan surati paydo bo‘ldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgani suratga olindi, deb yozadi Kun nashri.

Ko‘plab foydalanuvchilar suratda Akayev o‘ychan va charchagan ko‘rinishda ekanligini aytishgan. Qolgan foydalanuvchilar esa Akayev hozir oddiy ko‘rinishda ekaniga e’tibor qaratishgan, go‘yoki bu sobiq prezident emas, oddiy fuqarodek. Akayev prezident bo‘lgan vaqtda u har doim qo‘riqchilar va avtomobillar korteji qurshovida bo‘lgan. Aynan shu holat ko‘plab qirg‘izistonliklarda qandaydir norozilikni keltirib chiqaradi.

Akayevning shunga o‘xshash, biroq yosh qirg‘izistonliklar qurshovida tushgan surati joriy yilning iyunida chop etilgan. O‘shanda Akayev Sankt-Peterburgga ketish perronida turgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Akayev Qirg‘izistonni 1990 yildan boshqarib kelgan. 2005 yilda davlat to‘ntaruvidan keyin u oilasi bilan Qirg‘izistonni tark etgan. O‘shandan beri Akayev o‘zining kasbiga qaytib, Moskvada fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonning ilk prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgan surati paydo bo‘ldi