22:31 / 03.10.2017
5 952

Nurullo Otaxonov murojaati: Olam yurtimizdagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi

Nurullo Otaxonov murojaati: Olam yurtimizdagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi
Shu yilning 27 sentyabrida Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng hibsga olingan va 1 oktyabr kuni hibsdan ozod qilingan yozuvchi Nurullo Otaxonov (taxallusi Nurulloh Muhammad Raufxon) ijtimoiy tarmoq orqali xalqqa murojaat qildi.

"Men Vatanimga Ollohga tavakkal qilgan holda, keyingi zamonlarda mamlakatimda yuz berayotgan ijobiy ishlardan ruhlanib, Prezident so‘zlari va harakatlariga ishonib qaytdim.

Afsus, ota yurtimga bosgan ilk qadamlarimdanoq meni davlatimdan arazlatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Ammo, Ollohga shukr, sal narsaga arazlab qoladigan yoshda emasman.

Chunki jamiyatda haq va adolatni qaror toptirish, xalqimiz ko‘zi o‘ngida davlatimiz sha’nini va obro‘yini yuksaltirish yo‘lida yangi iqtidor olib borayotgan ezgu ishlarga qo‘limdan kelganicha hissa qo‘shish niyatida qat’iy va sobitman", deydi u.

Yozuvchining e’tirof etishicha, Ollohning hikmati bilan boshiga ozgina sinov tushdi va bu sinov bahona olam O‘zbekistondagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi:
1. Xalq chorak asrlik g‘aflatdan asta-sekin uyg‘ona boshlabdi!
2. Davlat xalqning dodiga quloq sola boshlabdi!

"Bu ikki yangilik hammamizga muborak bo‘lsin", deydi u.

Yozuvchi uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiradi.

"Shu besh kun davomida kecha-kunduz tinmasdan meni qo‘lladingiz, haqqimga duolar qildingiz, taqdirimga qayg‘urdingiz. Sizlarni zahmatga qo‘ydim. Men sizlardan mingdan-ming roziman. Sizlar ham mendan rozi bo‘linglar. Minnatlaringiz butun oilamning boshi ustida. Yuksak ishonchlaringizni oqlash, xizmatlaringizni qilish umrim oxirigacha bo‘ynimizdagi burchdir" deydi Nurullo Otaxonov.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurullo Otaxonov murojaati: Olam yurtimizdagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi