Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlariga nisbatan turli zo‘ravonlik holatlari hamda ularning xizmat vazifasiga to‘sqinlik qilish holatlari uchramoqda.
Avvalroq, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlarida fuqarolar tomonidan Majburiy ijro byurosi xodimlariga nisbatan jiddiy qarshilik ko‘rsatish, turli xaqoratli so‘zlar ishlatish hamda turli tan jarohati yetkazish holatlari sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shunday holatlardan biri Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining Nukus shahar bo‘limi xodimlari bilan sodir bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
MIB ning Nukus shahar bo‘limi, aniqrog‘i elektr va gaz ta’minoti sohasida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sho‘’basi tomonidan 26 sentyabr kuni Nukus shahrida joylashgan “Gabit kurilis servis” MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida tekshirish o‘tkazilgan.
“Gabit kurilis servis” MChJ rahbari N.Shintasov gaz ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulangani aniqlangan.
Korxona hech bir hujjatsiz qurilgan 1 dona 12 kamerali g‘isht ishlab chiqarish qurilmasi (xumbuzi) va 4 dona qo‘lbola usulda yasalgan “gorelka”lardan foydalanganligi fosh etilib, ushbu qoidabuzarlik yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur jamiyat rahbari N.Shintasov aniqlangan ushbu zararni kamaytirib ko‘rsatish evaziga tekshirish guruhi rahbariga 50 mln so‘mni pora tariqasida berishni taklif qilgan va bu pora berish bo‘yicha takliflari audiotasmaga yozib olingan.
Ushbu holat yuzasidan tekshirish guruhi mutasaddi organlarga xabar qilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Gabit kurilis servis” jamiyati rahbari N.Shintasov katta inspektor K.Jumagulovga uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasida 50 mln. so‘mning bir qismi, ya’ni 20 mln. so‘m hisobidan har bir AQSh dollarini 8000 so‘mdan hisoblab, jami 2500 AQSh dollarini pora tariqasida taqdim qilayotgan paytda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan, “Gabit kurilis servis” jamiyati rahbari N.Shintasovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi