2017 yilning 6 oktyabr kuni soat 10:05da, Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida, mazkur kollejning 3-bosqich o‘quvchilari – 2000 yilda tug‘ilgan, Saidvoxidov Saidkamron Saidvali o‘g‘li, Parpiboyev Asadbek Nodirjon o‘g‘li va 1999 yilda tug‘ilgan Yorqoriyev Rahmatilla Zufar o‘g‘li o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjallashib, S.Saidvoxidov pichoq bilan A.Parpiboyev va R.Yorqoriyevlarning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Natijada A.Parpiboyev “chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashxisi bilan RShTYoIMga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
R.Yorqoriyevga “chap son tashqi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashxisi bilan RShTYoIMda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi