Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyati, Petushin tumani hududidagi Pokrov shohbekatida yirik YTH sodir bo‘lgan edi.
Vladimir viloyati ichki ishlar boshqarmasining migratsiya masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan 17 nafar jabrlangan o‘zbekistonliklarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasida bo‘lish tartibini buzganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlik sifatida bayonnoma tuzilgan. Hozirgi vaqtda hujjatlar qaror qabul qilish uchun sudga oshirilgani aytilmoqda.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra ushbu turdagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun 2 ming rubldan 5 ming rublgacha jarima belgilanishi hamda ma’muriy chiqarib yuborish qo‘llanilishi belgilangan.
Yuqorida keltirilgan huquqbuzarlik hodisaning bir tomoni bo‘lsa, uning ikkinchi tomonida jinoiy ish yotgani ma’lum qilindi.
Yuz bergan YTH natijasida tergovchilar noqonuniy migratsiyani tashkil etish, noma’lum shaxslar tomonidan xorijlik fuqarolarning tranziti, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishida migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tashkillashtirish, bu “xizmatlari” uchun har bir shaxsdan 5 ming rubldan olingani holatlari aniqlangan.
“Noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish” bo‘yicha jinoyat alomatlari mavjudligi sabab 6 oktyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?