
Paxta – bizning milliy boyligimiz. Paxta – bizning milliy g‘ururimiz, orimiz. O‘z navbatida paxta xalqimizning turmush farovonligi, mamlakatimizning yuksalishi va taraqqiyotining o‘ziga xos muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Ayni kunlarda paxta yig‘im-terim mavsumi har bir yurtdoshimizdan jarayondagi daxldorlik tuyg‘usi, mas’ullik hissini taqozo etadi. Paxta mavsumidagi faollik va fidoyilik har birimizning fuqarolik burchimiz va mas’uliyatimizdir.
Bundan “So‘g‘diyona” PFK a’zolari ham ushbu jarayonga befarq qarab turgani yo‘q.
Taqvimdagi tanaffus sababli bugun Jizzax viloyat Futbol Federatsiyasi hamda “So‘g‘diyona” PFK a’zolari bilan birgalikda paxta yig‘im-terim ishlarida qatnashdi.
Ushbu hasharda “So‘g‘diyona” PFK rahbariyati, xodimlari, murabbiylari, futbolchilari hamda “So‘g‘diyona” stadioni xodimlari faol ishtirok etishdi va vatanimiz xirmoniga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
«So‘g‘diyona » matbuot xizmati









Manba: www.fcsogdiana.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar