12:08 / 23.10.2017
10 260

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari kimga nasib etadi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari kimga nasib etadi?
Shveysariya Bosh prokuraturasida Gulnora Karimova ishi yuzasidan O‘zbekistonning murojaati o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edik. Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan 2012 yilda Gulnora Karimova va yana besh nafar shaxsga nisbatan korrupsion qonunbuzarlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha rasmiy to‘liq ma’lumotni e’lon qilgan edi. Tergov materiallari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida Gulnora Karimova ishtirokidagi uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangan.

AQSh va Niderlandiya Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan 784 million dollari, ya’ni 800 million Shveysariya frankining katta qismiga egalik qilishi mumkin. Xabarlarga qaraganda, Bernda shu haftada Gulnora Karimovaning jinoiy ishi bilan shug‘ullanayotgan Bosh prokuratura ishtirokida yashirin muhokamalar boshlangan.

Ta’kidlanishicha, AQSh muzlatilgan puldan 550 million dollar miqdorda mablag‘ talab qilmoqda. Sababi jinoiy guruh moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida Amerika banklari xizmatidan foydalangan. Gollandiya talab qilayotgan mablag‘ qiymati hozircha oshkor etilmayapti.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, muzlatilgan pullar turli telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora sifatida qo‘lga kiritilgan. Shveysariya bu pullarni ezgu maqsadlar uchun sarflashni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari kimga nasib etadi?