2017 yil 16 oktyabr, dushanba kuni tushlik vaqtida Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish masadida jinoyatga qo‘l urdi, deb yozadi «Telegraf.uz».
U tumandagi Chinobod ko‘chasida joylashgan omborxona eshigining qulfini buzib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va fuqaro B.T.Nga tegishli buyumlarni o‘g‘irlagan. Jumladan, 14 million so‘mlik «Madonna» nomli oshxona servisi, 950 ming so‘mlik «Bogemma» nomli servis, 400 ming so‘mlik risovarka va 200 ming so‘mlik grafinlarni o‘g‘irlab, fuqaroga jami 16 800 000 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida 19 oktyabr kuni Chinobod ko‘chasida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari yordamida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi muqaddam sudlanmagan, voyaga yetmagan Z.Semirkulova ekani aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...