Qozog‘istonning Kostanay shahridagi maxsus amaliyot vaqtida 16 nafar o‘zbekistonlik qullikdan ozod etildi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz nashri. Ularning orasida yosh bolali ayol ham bor.
Odamlar Kostanaydagi tegirmon komplekslaridan birida bo‘lishgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, yonlarida hujjatlari bo‘lmagan. Ish beruvchi pasportlarni maxsus seyfda saqlagan. Bu haqda «Qozog‘iston jinsiy va reproduktiv salomatlik bo‘yicha assotsiatsiyasi»ning Kostanay filiali xodimi Aleksandr Kosyuk aytib o‘tgan.
Politsiya hammasi bo‘lib 18 nafar xorijlik ishchini topgan. Biroq, ikki kishi ish beruvchiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqishdan bosh tortdi. Dastlabki tergov boshlangan.
Aleksandr Kosyuk shuningdek, barcha ishchilar, jumladan, ayol va yosh bola ham jamoatchilik tashkiloti tomonidan ijaraga olingan xonadonga joylashtirilganini aytdi.
Kostanay viloyati Ichki ishlar departamenti vaziyatni izohlamagan. Biroq, avvalroq, departamentda joriy yilda mehnat migrantlari sonining o‘sishi qayd etilganini xabar qilishgan. Mutaxassislar buni, xususan, mintaqadagi qurilish ishlarining faollashishi bilan bog‘lamoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi