21:22 / 04.11.2017
12 780

Asal Shodiyeva: «Bir yil ichida juda ko‘p xato qildim, aldandim, urildim…» (video)

Asal Shodiyeva: «Bir yil ichida juda ko‘p xato qildim, aldandim, urildim…» (video)
Sevimli aktrisamiz Asal Shodiyeva kinodagi rollari bilan xalqimiz e’tiborini qozongan bo‘lsa, endilikda u tadbirkorlikda ham o‘zini sinab ko‘rmoqda. Hozirda u qulay hamda yoshlarbop kiyimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Uning aytishicha, bu g‘oya bir yil oldin tug‘ilgan bo‘lib, unga bu ishda turmush o‘rtog‘i va yaqin do‘stlari yordam bergan.

«Butun dunyo sevgan qahramonlarning multik ko‘rinishidagi shakli kiyimlar uchun bezak sifatida tanlangan. Ular sifati va dizayni bilan farq qilishi kerak. Matolarni tanlashda juda injiqman. To‘g‘risini aytsam, Bu ishimizni boshlash oson bo‘lmadi. Bir yil ichida juda ko‘p xato qildim: aldandim, urildim. Lekin asta-sekin, mana, tadbirkorlikni ham o‘rganib, ishimizni yo‘lga qo‘yib oldik», deydi suhbatda aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asal Shodiyeva: «Bir yil ichida juda ko‘p xato qildim, aldandim, urildim…» (video)