11:40 / 15.11.2017
4 187

Svetoforsiz chorraha... Sergelidagi avtohalokatda kim aybdor?

Svetoforsiz chorraha... Sergelidagi avtohalokatda kim aybdor?
Ertalab yaxshi niyat bilan yo‘lga chiqar ekanmiz, avvalo, kishilardagi tonggi kayfiyat, shoshish, ish-yumushga talpinish menga o‘zgacha ilhom beradi va yanada g‘ayrat bilan ishxona tomon oshiqaman...

Tinch yurtda yashayotganimdan baxtiyor holatda avtomobilim tezligini oshiraman (me’yorida, albatta). Bugun negadir benzin narxi oshganligi haqidagi xayollar og‘ushi, AYOQSHdagi turnaqator mashinalarni kuzatib ketayotgan edim, yo‘ldagi avtohalokatni ko‘rib “kapalagim uchib ketdi”!

To‘g‘ri, ba’zan televizor, ba’zida internet orqali turli avtohalakotlarni ko‘rganmiz, lekin bugun o‘zim guvoh bo‘lgan hodisa dilim xira tortishiga sababchi bo‘ldi...

Uylab qarasam, uyimdan uncha uzoq bo‘lmagan, ya’ni Sergeli tumanida mahalliy aholi “Garmoniya” (Sputnik) chorrahasi deb ataydan joyda Nexia avtomashinasi Cobalt bilan to‘qnashuv natijasida teskari bo‘lib qolgan. Ikkala mashinaga ham jiddiy shikast yetganligini e’tiboringizga havola etilayotgan fotosuratlar orqali ham ko‘rishingiz mumkin.

Avtomashina topiladi, lekin ularning ichida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchining ahvoli nima bo‘ldi, degan savol meni uylantirib qo‘ydi.

Albatta bunday holatga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz tomonidan tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ularning shifoxonaga yetib borishlari uchun yordam ko‘rsatilgan, degan umid bilan yo‘limda davom etarkanman, barchangizni ehtiyotkor bo‘lishga va hushyorlikka chaqirib qolaman.

Shuning barobarida birgina svetofor o‘rnatilishiga “panja orasidan” qarab kelayotgan mutasaddilarni ham o‘z vazifalarini mukammal bajarishlari tarafdoriman.

Hamyurtlarimizni esa yo‘lda xoh avtomobilda, xoh piyoda bo‘laylik, asosiysi, ehtiyot bo‘lishga chorlab qolaman!

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Svetoforsiz chorraha... Sergelidagi avtohalokatda kim aybdor?