
Butunjahon iqlimshunoslarining bayonotiga ko‘ra, bu yil insoniyat tarixidagi eng issiq yillardan biri bo‘lishi mumkin. 2017 yil turli bo‘ron, toshqin, qurg‘oqchilik va jaziramaga boy bo‘ldi. Mazkur iqlim o‘zgarishlarining barchasi atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdorining keskin oshib ketgani va daryo hamda okean suvlarining oksidlanish darajasi yuqori ekanligi bilan bog‘liq.
Yaqinda Bonn shahrida o‘tkazilgan BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan 23-konferensiyasida shu haqida ma’lum qilingan. Unda ishtirok etayotgan iqlimshunoslarning bayonotiga tayanadigan bo‘lsak, oxirgi 10 oy davomida yer yuzida global harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu harorat o‘zgarishini Yevropa, Shimoliy Afrika hamda Rossiya fuqarolari, ayniqsa, kuchli his etishdi. Biroq bu yil 2016 yilgi rekordga chiqa olmaymiz. Chunki o‘tgan yili El-Nino atalmish iqlimiy balo ta’sirida edik. Agar uni hisobga olmaydigan bo‘lsak, joriy yil rekord darajadagi issiq yil bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar