Buxoro viloyati Romitan tumani Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat inspektori Zikrullayev o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Dilrabo qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Husniddin G‘afurovich To‘layevning xonadonida aniqlangan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aniqlangan huquqbuzarlik faktini tasdiqlash maqsadida xonadoniga boradi.
MIB bo‘limi xodimi dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida fuqaro H.To‘layev unga faol qarshilik ko‘rsatib, uni o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur qilib, uni sha’ni va qadr qimmatini beodoblik bilan qasdan tahqirlab, haqorat qilib, uni urib tan jarohati yetkazadi.
Ushbu holat yuzasidan H.To‘layevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shunga o‘xshash yana bir holat: viloyatning Shofirkon tumani Zarchabek MFY, Zarchabek ko‘chasida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yoqub Hojiyevich Mahmudov Shofirkon tuman “Setlak” cho‘l massivida o‘z xizmat faoliyatini olib bora turib, o‘rmon xo‘jaligi dala maydonlarida o‘simlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy zarar yetkazishni oldini olishda ifodalangan xizmat vazifalari bilan bog‘liq qonuniy faoliyatini bajarayotgan vaqtida ro‘y berdi.
Peshko‘ tumani, Yangiobod MFY, Ofandar qishlog‘ida yashovchi, Ismoil Iskandar o‘g‘li Narziyev va shu manzilda yashovchi Samandar Iskandar o‘g‘li Ro‘ziyevlar o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yo.Mahmudovga faol qarshilik ko‘rsatib, uni urib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan holda, Yo.Mahmudovning xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilganlar.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Ismoil va Samandarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi