Joriy yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yilishida aybdor bo‘lgan rahbar va mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarligini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga 17 taqdimnoma kiritildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subektlarida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning qonunchilik talablariga mosligi tizimli ravishda tahlil qilib borilmoqda.
Tahlillar tadbirkorlik sub’ektlarini nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan ayrim vazirlik va idoralarda tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunchilik talablari xodimlarga yetkazilmagani va bu borada talab darajasida nazorat o‘rnatilmagani oqibatida noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatgan.
"Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nazorat organlariga 5 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi nazorat organlariga 3 ta, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitalariga 2 tadan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va "Avtodaryotrans" agentligiga 1 tadan taqdimnomalar kiritildi", — deyiladi xabarda.
Ushbu taqdimnomalar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilib, noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yganligi uchun 7 nafar rahbar va mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 14 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 7 nafariga "hayfsan" yoki "tanbeh" intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 8 nafar xodim o‘rtacha oylik ish haqining 20-50 foizigacha jarimaga tortildi.
Xususan, 2017 yil iyun-iyul oylarida 18 ta tadbirkorlik sub’ektlarida Kengash bilan kelishilmagan holda noqonuniy tekshirish o‘tkazganligi uchun "O‘zavtodaryotrans" agentligining 2017 yil 14 noyabrdagi buyrug‘iga asosan agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘linmasi sho‘ba mudiri X.Tursunov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Andijon tumanidagi "Muxtor" fermer xo‘jaligida 2017 yil 9 yanvarda noqonuniy tekshirish o‘tkazganligi uchun "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi Andijon viloyat boshqarmasining buyrug‘iga asosan ushbu tuman bo‘lim boshlig‘i D.Abdurashidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, ushbu qo‘mitaning Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Romitan tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan 2017 yil 8 iyunda "Shavkat Sharif o‘g‘li" dehqon xo‘jaligida noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi uchun viloyat boshqarmasining 2017 yil 25 oktyabrdagi tegishli buyruqlari bilan boshqarma mutaxassisi Sh.Daminov va Romitan tumani bo‘linmasi boshlig‘i U.Sultonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2017 yil 6 aprelda "Guliston kino" xususiy korxonasida noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi holati bo‘yicha viloyat bojxona boshqarmasining 2017 yil 29 maydagi buyrug‘iga asosan boshqarma xodimlari M.Usmanovga "hayfsan" va A.Qurbonovga "tanbeh" intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, Chinoz tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari M.Nusratov va J.Murodov tomonidan 2017 yil 30 may kuni "Inter Media Solution Group" MChJ faoliyatida noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi uchun M.Nusratovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi hamda sho‘ba boshlig‘i J.Murodov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mansabdor shaxslarga minbardan turib yana bir bor murojaat qilar ekan, "tadbirkorning oyog‘iga kishan bo‘lma, u ertaga hammangni boqadi", degan va tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilish, davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deya baholanadi deb ogohlantirgan edi.
O‘zbekiston prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"