16:43 / 22.12.2017
7 111

Prezident eng katta armoni haqida gapirdi

Prezident eng katta armoni haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda eng katta armoni nima ekanini minbardan turib aytdi.

“Joylarda ba’zi mutasaddilar tadbirkorga kalamushday yopishib olgan. Tadbirkorlarni tekshiraverib, ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Ularni amalda yetarlicha qo‘llab-quvvatlay olmayotganimiz – mening eng katta armonim”.

Prezident tadbirkorlar faoliyatiga qo‘yilayotgan to‘siqlarni olib tashlash oson bo‘lmayotgani, ularga samarali ish muhitini yaratishda katta harakatlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib, ikki yil davomida tadbirkorlar tekshirilmasligini ma’lum qildi.

“Endi ularni tekshirish bilan Prokuraturaning maxsus bo‘limi shug‘ullanadi. Buni shaxsan Prezident nazorat qiladi”, deydi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident eng katta armoni haqida gapirdi