O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 26 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Novo-Ogaryovo qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni Vladimir Putin kutib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.
Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.
Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini ta’kidladi. O‘zaro manfaatli hamkorlik a’zo davlatlarni uzviy bog‘lab turishi, ushbu uchrashuv aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.
2018 yil Rossiyada bo‘ladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, Prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Shavkat Mirziyoyev shu yil 10-11 oktyabr kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 3 noyabr kuni Toshkentda Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvorliklar ham aytib o‘tildi. Mamlakatimiz, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili asosida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar mustahkamlandi. Bu Hamdo‘stlik doirasidagi aloqalar rivojida ham muhim o‘rin tutadi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar