08:30 / 29.12.2017
12 438

Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi (foto va videoreportaj)

Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi (foto va videoreportaj)
Alisher Usmonov ko‘p yillardan beri Rossiyadagi eng badavlat inson hisoblanadi. Uning boyligi turli manbalarga ko‘ra, 18-20 mlrd dollar atrofida baholanadi. U Rossiyadagi ko‘plab yuqori texnologiyali kompaniyalar, jumladan “Yevroset” va “Megafon” aksiyalariga egalik qiladi. Taniqli tadbirkor qanday uyda istiqomat qilishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otsa kerak?

Yaqinda internetda Alisher Usmonovning Toshkentdagi hashamatli uyi tasvirlangan video haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Alisher Usmonovning uyidagi holl
Foto: Novate.RU

Juda katta uy Yevropa uslubida qurilgan hamda milliy qadimiy naqshlar bilan bezatilgan, u asosan qadimiy Buxoro binolarida qo‘llangan.

Hashamatli uyda 6 ta yotoqxona va mehmonlarni qabul qilishga mo‘ljallangan 10 ta xona bor. Butun uy qimmatbaho mebel bilan jihozlangan, devorlarda esa eng mashhur rassomlarning suratlari osilgan.

Uydagi yotoqxona
Foto: Novate.RU

Uydagi har bir detal – qimmatbaho divandan to kichkina dekorativ qutichaga qadar – boylikdan darak berib turadi. Masalan, xonalardan birining shifti milliy uslubda naqsh bilan bezalgan bo‘lib, unda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder ism-familiyasining bosh harflarini ko‘rish mumkin.

Yana bir mehmonxona
Foto: Novate.RU

Shuningdek uyda juda katta sun’iy hovuz, jakuzi, massaj xonasi bor – dabdabali hayotdan darak beruvchi barcha narsalar.

Hovuzga kirish qismi
Foto: Novate.RU

Alisher Usmonovning uyi haqida quyidagi video orqali yanada batafsil ma’lumot olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi (foto va videoreportaj)