10:00 / 29.12.2017
7 322

Toshkentda 29 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda

Toshkentda 29 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda
Toshkent shahar prokuraturasi organlari tomonidan pora olish va berish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik bo‘yicha 29 mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ular bo‘yicha tergov amaliyotlari tugatilgan va jazo tayinlash uchun sudlarga yuborilgan. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili KUN.UZ muxbiri savoliga javob berar ekan, quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

“29 mansabdor shaxsga nisbatan O‘zR Jinoyat kodeksining 210-211-212 moddalari, ya’ni pora olish, pora berish, pora olish yoki berishda vositachilik qilish bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilgan. Ularda tegishli ayblov xulosalari berilgan va jazo tayinlash uchun sudlarga yuborilgan va jazo muqarrarligi tayinlangan.

Endi mansabdor shaxslarning kimligiga doir savol tug‘iladi. Ular orasida ichki ishlar organlari, sud-ijro departamenti, soliq idoralari, notarius-adliya organlari, o‘rta ta’lim muassasalari, kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari xodimlari bor”, - dedi Bobir Dehqonov.

Uning qayd etishicha, yuqoridagi holatlarga firibgarlik yo‘li bilan pora berishga dalolat qilish bo‘yicha jinoiy ishlar kiritilmagan, balki faqat pora berish va olishga doir ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 29 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda