11:38 / 03.01.2018
6 921

“Qamchiq” dovonidagi yagona masjid ochildi

“Qamchiq” dovonidagi yagona masjid ochildi
Kecha, 2 yanvar kuni “Qamchiq” dovonidagi yagona masjid, avtomagistral yo‘lning shundoqqina yuzida joylashgan “Islom nuri” jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Masjidni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ochib berdi.

2013 yilda masjidni qayta qurish va ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Masjid saxovatpesha homiylar hamda xalk hashar yo‘li bilan bitkazilgani ma’lum qilinmoqda. Masjidda namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy tarzda qurilgan tahoratxona el xizmatiga shay.

Masjid ochilishida jamoat jam bo‘lib, duolar qilindi, ezgu tilaklar bildirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qamchiq” dovonidagi yagona masjid ochildi