Bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zgartirilishi haqida gapirgan.
«Hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Ta’lim va ma’naviyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Paxtani klaster tizimi orqali ekamiz. Bu yil viloyatdagi 4ta tumanda klaster bo‘ladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Xabar.uz».
Prezident shuningdek, Toshkent viloyatidagi muammolar, ularni hal etish yo‘llari haqida gapirgan, mas’ullarga bu borada tegishli topshiriqlar bergan.
«Viloyatning 7 ta shahridagi muammolar bilan Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi shug‘ullanadi. Shaharlar ularga bo‘ysunadi. Agar shundayam o‘zgarish bo‘lmasa, viloyatni ikkiga bo‘laman. Viloyatdagi shaharlar Toshkent shahridagi rahbarlarga bo‘ysunadi. Sektor rahbarlari har kuni Bosh vazirga axborot beradi. Hamma ishning tagida xalqni rozi qilish turadi. Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyushmasa, viloyat ikkiga bo‘linadi», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.
Prezident videoselektor davomida Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan.
Shuningdek, Toshkent viloyatidagi 4ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketishi ma’lum qilingan.
Prezident mahalliy byudjetni o‘nglash haqida kuyunib gapirgan.
«Mahalliy byudjetga soliq tushumini bajarmagan 4ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketadi. Internetda e’lon qil, ularning o‘rniga odam top!», deya davlat rahbarining so‘zlari keltirilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas