11:00 / 09.01.2018
7 850

O‘zbekistondan oltin quymalari olib chiqib ketilishining oldi olindi

O‘zbekistondan oltin quymalari olib chiqib ketilishining oldi olindi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan umumiy qiymati 1,5 millirad so‘mdan ziyodroq baholangan oltin quymalarining qo‘shni davlatga olib chiqib ketilishining oldi olingan.

Milliy xavfsizlik xizmatinig tezkor xodimlari Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Vodil qishlog‘ida yashovchi Akbarjon To‘rayevni Yoshlarobod qishlog‘ida yashaydigan Nodirjon Karimovga qo‘lda quyilgan olti dona oltin yombisini berayotgan vaqtda qo‘lga olishgan. MXX vakilining ta’kidlashicha, “Akbarjon To‘rayev bu oltinlarni Chimyon qishlog‘ida yashovchi Boburmirzo Abdusalomovdan olgan va avtomobil saloniga bekitib, chegara oldi hududga olib kelgan. O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, bu oltinlarning asllik ko‘rsatkichi 999,6 ga teng bo‘lib, og‘irligi 4,7 kg ni tashkil qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra uning narxi 1,5 milliard so‘mdan ortiqroq baholangan”.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida aniq bo‘lishicha, qo‘lga olinganlar bu qimmatbaho yukni Qirg‘izistonlik Shukurjon Xalmiddinov degan shaxsga yetkazishi kerak bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda Farg‘ona viloyat MXX boshqarmasi tomonidan Akbarjon To‘rayev, Boburmirzo Abdusalomov va Nodir Karimovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asoslanib jinoiy ish ochilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondan oltin quymalari olib chiqib ketilishining oldi olindi