21:20 / 16.01.2018
16 012

"Tangem" endi O‘zbekiston uchun ishlaydi... (Video)

"Тангем" энди Ўзбекистон учун ишлайди... (Видео)
Janubiy koreyalik taniqli aktrisa, o‘zbekistonliklarga «Saroy javohiri» serialidagi Tangem roli bilan tanilgan Li Yong E O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi bo‘ladi deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen ma’lum qildi.

Xalqaro press-klub va Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi hamkorligida «O‘zbek diplomatiyasining yangi voqe’ligi: Burch, mas’uliyat va vazifalar» mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘z olgan Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan chet mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi — Tourism brand Ambassador of Uzbekistan lavozimi joriy etilmoqda. Bu lavozimga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanadi.

«Bitta misol keltirishimiz mumkin. Yurtboshimiz Janubiy Koreyada tashrif bilan bo‘lganlarida, «Saroy javohiri» serialining mashhur yulduzi (Tangem) bilan uchrashgan edi. Biz u bilan muzokaralarni yakunladik. U O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi sifatida faoliyat olib borishiga kelishib oldik.» deydi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Aziz Abduhakimov.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fenning ta’kidlashicha, turizm elchilari O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar sonini oshirishga katta yordam beradi.

«Tangemni O‘zbekistonda hamma ko‘rgan, xalq uni yaxshi ko‘radi. Serialda bosh rolni ijro etgan aktrisa juda mashhur. Biz uni turizm elchisi qilib tayinlayapmiz. U Koreyada O‘zbekistonga sayohatlarni targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi. Biz shu turizm elchisi ko‘magida mamlakatimizga Janubiy Koreyadan keladigan sayyohlar sonini kamida 10 foizga ko‘paytiramiz. Umuman, Koreya bilan turizm sohasida hamkorlikni kengaytirib, turistlar sonini uch barobar ko‘paytiramiz.», deydi O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Tangem" endi O‘zbekiston uchun ishlaydi... (Video)