17:45 / 17.01.2018
6 008

Alisher Usmonov Buxoroning qadimiy qismini to‘liq bepul Wi-Fi bilan ta’minlamoqchi

Alisher Usmonov Buxoroning qadimiy qismini to‘liq bepul Wi-Fi bilan ta’minlamoqchi
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov superzamonaviy turistik majmua bo‘lmish — «Qadimiy Buxoro» loyihasida beg‘araz homiylik sharti bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Abduhakimovga ko‘ra, Usmonovning ishtiroki turistik zonani keyinchalik metsenat boshqaruviga topshirishni nazarda tutmaydi.

Ob’ekt to‘liq O‘zbekiston tomoni ixtiyorida bo‘ladi.

«U (Alisher Usmonov — tahr.) ushbu loyihaning homiysi sifatida, deylik metsenat tarzida ishtirok etmoqda. Katta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, aniq byudjet ham bor, ammo aniq raqamlar loyihalashtirish ishlari natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi», — deb qayd etdi Abduhakimov.

Yangi turistik zonasi G‘ijduvon ko‘chasi va «Qo‘xna va boqiy Buxoro» madaniy majmuasi oralig‘ida joylashgan 10 gektar joyda barpo etiladi. Zona maydonida pastqavatli zamonaviy mehmonxonalar, madaniy-sog‘lomlashtirish va savdo-ko‘ngilochar markazlarini barpo etish rejalashtirilgan. Ularda kunu-tun chet ellik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va maroqli hordiq chiqarish ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Turistik zonada turli shoular, tarixiy voqealarni aks ettirgan teatrlashtirilgan konsert tomoshalari namoyish etiladi va folklor ansambllari bilan bir qatorda zamonaviy estrada xonandalari chiqishlari, modalar namoyishi va boshqa tomoshabop tadbirlar tashkillashtiriladi.

Buxoroning qadimiy qismi to‘liq bepul Wi-Fi bilan qoplanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov Buxoroning qadimiy qismini to‘liq bepul Wi-Fi bilan ta’minlamoqchi