20:35 / 22.01.2018
6 931

Toshkent shahri bo‘yicha mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari e’lon qilindi

Toshkent shahri bo‘yicha mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari e’lon qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2017 yildagi 262/29-5-son qarori bilan Toshkent shahri bo‘yicha 2018 yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, SKning 23-moddasiga binoan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im, yagona yer solig‘i mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiritilgan.

2017 yildagi stavkalar bilan taqqoslaganda:


• alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi huquqi uchun yig‘im EKIHning 1 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun - 1 oylik savdo uchun EKIHning 6 baravarini tashkil etdi;
• qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning chakana savdosi huquqi uchun yig‘im EKIHning 0,5 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun - 1 oylik savdo uchun EKIHning 4 baravarini tashkil etdi;
• avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im EKIHning 1 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun - har oy uchun EKIHning 7 baravarini tashkil etdi.

Yig‘imlar stavkalari 1.01.2018 yilda belgilangan (172 240 so‘m) EKIH miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va uning miqdori bir yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

2018 yil 1 yanvardan boshlab obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i O‘zbekiston Respublikasida undiriladigan soliqlar turlaridan chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, 2018 yil boshidan boshlab Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ-3386-son qarori bilan 15.11.2017 yildan boshlab belgilangan benzin va dizel yoqilg‘isi ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari amal qiladi:

• benzin uchun – 1 litr uchun 232,5 so‘m / 1 tonna uchun 308 850 so‘m;
• dizel yoqilg‘isi uchun – 1 litr uchun 232,5 so‘m / 1 tonna uchun 282 500 so‘m.

Suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq stavkasi 2017 yil uchun belgilangan miqdorda saqlab qolindi va 1 litr uchun 230 so‘m / 1 tonna uchun 436 300 so‘mni tashkil etadi.

Siqilgan gaz ishlatganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr uchun 305 so‘mgacha oshirildi. 2017 yilda u 1 kub metr uchun 275 so‘mni tashkil etgan edi.

Ma’lumot uchun: Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun stavkalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.

AYoQSh orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

Hujjat 16.01.2018 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri bo‘yicha mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari e’lon qilindi