Andijonda tug‘ilgan to‘rt egizakka ismlar qo‘yilib, sovg‘alar berildi

Andijon viloyat Perinatal markazi bosh shifokori to‘rt egiz farzandni dunyoga keltirgan onaning sog‘ligi qoniqarli holatdaligi, chaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi, deb yozadi «Kun.uz».
30 yanvar kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko‘l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi egizaklarga Sultonboyev Muhammadsodiq, Sultonboyev Muhammadsolih, Sultonboyev Muhammadishoq va Sultonboyev Muhammadsafo ismlari bilan tug‘ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Oltinko‘l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!30 yanvar kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko‘l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi egizaklarga Sultonboyev Muhammadsodiq, Sultonboyev Muhammadsolih, Sultonboyev Muhammadishoq va Sultonboyev Muhammadsafo ismlari bilan tug‘ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Oltinko‘l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…